O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari bugungi kunda shakllanayotgan transkaspiy makoni arxitekturasining tizim hosil qiluvchi qismidir
Fevral 20, 2026. 17:19 • 3 daq
• 33
BOKU, 20 fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha mamlakatimizning Bokudagi elchixonasida “O‘zbekiston - Ozarbayjon: ittifoqchilik hamkorligi arxitekturasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muhokamada O‘zbekiston va Ozarbayjonning yetakchi tahlil markazlari va tadqiqot muassasalari ekspertlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, transport va energetika yo‘laklarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim, fan, madaniyat va raqamli transformatsiya sohalaridagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildilar. Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlariga qo‘shilishining strategik ahamiyati, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning mintaqaviy o‘ziga xosligi va mintaqalararo bog‘liqligini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ekspertlik hamkorligining yuksak darajasini namoyon etib, ikki mamlakatning ittifoqchilik munosabatlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqaviy arxitekturasining strategik elementi ekanligini tasdiqladi hamda iqtisodiy, madaniy va texnologik kooperatsiya uchun uzoq muddatli istiqbollarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan SMTI direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. 2017-yildan boshlab strategik sheriklikdan to‘laqonli ittifoqchilik munosabatlariga o‘tildi.
Agar ilgari o‘zaro aloqalar asosan epizodik xarakterga ega bo‘lib, amaldagi kon’yunkturaga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda u yuksak darajadagi institutsional va strategik darajaga yetdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu transformatsiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va keng ko‘lamli islohotlari, shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning strategik yo‘li tufayli amalga oshirildi. Aynan ularning strategik qarashlari, shaxsiy yetakchiligi va ishonchli muloqoti yaqinlashuvning asosiy omiliga aylandi”.
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon jami 22 ta oliy darajadagi o‘zaro tashriflar amalga oshirilgani, ularning yarmidan ko‘pi so‘nggi sakkiz yilga to‘g‘ri kelgani ta’kidlandi. Davlat rahbarlari yiliga bir necha marta ko‘p tomonlama platformalarda ham muntazam uchrashib turadilar. 2017-2025-yillarda 200 ga yaqin oliy va yuqori darajadagi tashriflar va uchrashuvlar, jumladan, Bosh vazirlar, vazirlar va parlament delegatsiyalari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
“2024-yilda Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi uzoq muddatli manfaatlarimizning mos kelishi, asosiy xalqaro masalalar bo‘yicha o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlik, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasidagi siyosatni muvofiqlashtirishga tayyorligimizni tasdiqlagan sifatli bosqich bo‘ldi”, - deya tushuntirdi ekspert.
Akromjon Ne’matov mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni institutsionallashtirish muhimligini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “2023-yilda Oliy davlatlararo kengash tuzilgan bo‘lib, uning birinchi yig‘ilishi 2024-yil avgustda, ikkinchisi esa 2025-yil iyulda bo‘lib o‘tdi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida, 2024-yildan boshlab esa Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazib kelinmoqda, hukumatlarning iqtisodiy bloklari faol hamkorlik qilmoqda. Ikkinchi yo‘nalish platformasi sifatida Ekspertlar kengashi ishga tushirildi”.
Bundan tashqari, SMTI vakili ta’kidlaganidek, ikki tomonlama muloqot yanada kengroq formatlarga integratsiyalashgan. Bular: O‘zbekiston–Ozarbayjon–Turkiya, O‘zbekiston–Ozarbayjon–Turkmaniston uch tomonlama uchrashuvlari, O‘zbekiston–Qozog‘iston–Ozarbayjon energetika sherikligi, shuningdek, TDT, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirishdir. “Mohiyatan, ikki tomonlama munosabatlar mintaqaviy hamkorlik arxitekturasining tayanch qismiga aylandi”, — deya hisoblaydi ekspert.
Parlamentlararo va biznes-muloqotga alohida e’tibor qaratilmoqda. Akramjon Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, “birgina so‘nggi uch yil ichida 20 dan ortiq yuqori darajadagi parlamentlararo muloqotlar bo‘lib o‘tdi. 2025-yilda Xiva shahrida Birinchi parlamentlararo forum tashkil etilib, Xiva deklaratsiyasi va Amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Mamlakatlarimiz parlamentlari ittifoqchilikni qonunchilik yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlab, tashqi siyosatning faol subyektiga aylanmoqda. Biznes-muloqotni institutsionallashtirish muhim vositaga aylandi: 2020-yildan buyon Qo‘shma ishbilarmonlar kengashi faoliyat yuritmoqda, hukumatlararo komissiya 2017-yildan keyin beshta yig‘ilish o‘tkazdi”.
Ekspert iqtisodiy hamkorlikning muvaffaqiyatlarini ta’kidladi. Xususan, 2017-yildan buyon tovar ayirboshlash hajmi 9,5 barobarga - 32,4
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
