Logo

Guanchjouda Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi

Aprel 15, 2026. 18:50 • 55 soniya

214
Guanchjouda Amir Temur tavalludining 690 yilligi nishonlandi

GUANCHJOU, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Xitoyning janubiy provinsiyalaridagi universitetlarda tahsil olayotgan vatandosh yoshlar ishtirok etdi.

Bayram doirasida ishtirokchilarga Temuriylar davrining boy tarixiy merosi, Sohibqiron tomonidan asos solingan davlat boshqaruvi tamoyillari, uning ilm-fan, madaniyat, meʼmorchilik va hunarmandchilikni rivojlantirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali taqdimot namoyish qilindi.

Tadbir samimiy va do‘stona muhitda yakunlandi: ishtirokchilar norasmiy muhitda muloqot qilish, fikr almashish, anʼanaviy o‘zbek taomlaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish