Qoraqalpog‘istonda xorijlik diplomatlar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan o‘tov bilan tanishdi
Fevral 24, 2026. 19:17 • 45 soniya
• 75
NUKUS, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “Oq qush”sayyohlik majmuasi faoliyati va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng katta yig‘ishtirib bo‘lmaydigan o‘tov bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatlarga diametri 40,5 metr va balandligi 22 metr bo‘lgan, dunyodagi eng katta qismlarga ajratilmaydigan o‘tov sifatida eʼtirof etilgan o‘tov taqdim etildi. Inshootdan xalqaro forumlar, ishbilarmonlik uchrashuvlari va madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘p funksiyali maydon sifatida foydalaniladi.
Taʼkidlanganidek, 2024-yil 20-avgust kuni ushbu o‘tovda Toshkent shahridan tashqarida ilk bor O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan yillik ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov mehmonlar va ishtirokchilarga obyektning qurilish jarayoni va meʼmoriy xususiyatlari haqida maʼlumot berdi. Diplomatlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermatov ham qo‘shildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
