Logo

Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Dekabr 15, 2025. 09:46 • 2 daq

104
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

KUALA-LUMPUR, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda turoperatorlarning B2B shaklidagi uchrashuvi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Malayziya sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi (MATTA) rahbariyati, mahalliy turoperatorlar vakillari, malayziyalik aktrisa, teleboshlovchi Adrea Abdullah va O‘zbekistonning Malayziyadagi turizm elchisi Daler Hamroqulov ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev ishtirokchilarga mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, turizmni jadal rivojlantirish va sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani qayd etildi.

Sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgani, “Uzbekistan Airways”, “Batik Air” va “AirAsia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida haftasiga yetti marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirayotgani taʼkidlandi.

Ishtirokchilarga respublika turkompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sayyohlik xizmatlari, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizning turizm dasturlari, “ziyorat turizm”, “gastronomik turizm”, “qishki turizm”, “MICE turizm” kabi turpaketlar haqida maʼlumot berildi.

Ikki mamlakat turoperatorlarining “B2B” shaklidagi uchrashuvlari doirasida “ziyorat turizm”, “qishki turizm” va boshqa turdagi turpaketlarni Malayziyada keng targ‘ib qilish orqali respublikaga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish