Toshkentda Britaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida chiqindilarni qayta ishlovchi zavod quriladi
Dekabr 15, 2025. 08:15 • 40 soniya
• 106
LONDON, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov boshchiligidagi delegatsiya Londonga tashrif doirasida chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan biznes-forumda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida tashkil etilgan tadbirda Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF), “CDE Group”, “Kiverco”, “Fichtner”, “Operis” kabi kompaniyalar vakillari va yirik sarmoyadorlar qatnashdi.
Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi Britaniya kompaniyalari – “CDE Group” va “Kiverco” tomonidan O‘zbekistonda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Yakunda “CDE Group” va “Kiverco” kompaniyalari tomonidan Toshkentda qurilish rejalashtirilgan chiqindilarni qayta ishlovchi zavod bo‘yicha bitim imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyaning Londonda joylashgan chiqindilarni qayta ishlash obyektlariga safari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishdagi Britaniyaning ilg‘or tajribasi o‘rganildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi