AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Dekabr 15, 2025. 09:31 • 2 daq
• 215
TOSHKENT, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. Rod-Aylend shtatining Providens shahridagi Braun universitetida 13-dekabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan otishma natijasida imtihon jarayonida bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba Muhammad Aziz Umurzoqov halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQShning Rod-Aylend shtati Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojiali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammad Aziz Umurzoqovning halok bo‘lgani munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, – deb yozdi TIV vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov o‘zining telegram-kanalida. – Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir. O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib borilmoqda”.
BBC maʼlumotiga ko‘ra, Rod-Aylend shtatining Providens shahridagi Braun universitetida imtihonlar paytida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan va sakkiz kishi og‘ir yaralangan. Yana bir kishi og‘ir bo‘lmagan jarohat olgan.
Otishma 13-dekabr kuni kechqurun Barus & Holley muhandislik fanlari binosida sodir bo‘lgan. Hujum paytida binoda imtihonlar bo‘layotgan edi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donalmd Trampga maʼlum qilingan. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida voqea joyida FQB xodimlari ishlayotganini maʼlum qilgan.
Braun universiteti eng nufuzli xususiy universitetlar guruhi bo‘lgan Ivy League aʼzosi hisoblanadi. Taʼlim muassasasida 10 ming 400 nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Barus & Holley korpusida 100 dan ortiq laboratoriya, o‘nlab auditoriya va maʼmuriy binolar mavjud.
BBC saytidan olingan surat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi