TIVda Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
May 18, 2026. 20:15 • 2 daq
• 58
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) boshqaruv raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonning YEOTB bilan hamkorligining bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, bankning mamlakatimizdagi faoliyatini amaliy jihatlarini muhokama qildi.
Toshkent shahrida bank vakolatxonasining ochilishi muhimligi taʼkidlanib, bu YEOTBning investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda yana-da faol ishtirok etishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar O‘zbekiston va YEOTB o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali yana-da mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoy “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ko‘maklashishni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi

O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi


