Logo

Saudiya Arabistoni oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek xalqining atoqli namoyandalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi

Fevral 11, 2026. 11:35 • 39 soniya

117
Saudiya Arabistoni oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek xalqining atoqli namoyandalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi
Saudiya Arabistoni oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek xalqining atoqli namoyandalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi
Saudiya Arabistoni oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek xalqining atoqli namoyandalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi

DAMMAM, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining Ash-Sharqiya maʼmuriy markazidagi oliy taʼlim muassasalarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbirlar Saudiya Arabistoni oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchisi, O‘zbekiston fuqarosi Ayten Alkaxtani tashabbusi va mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Ishtirokchilarga Alisher Navoiyning mutafakkir va jamoat arbobi sifatidagi ahamiyati hamda Zahiriddin Muhammad Boburning davlat arbobi, sarkarda va shoir sifatidagi o‘rni haqida atroflicha maʼlumot berildi. Ularning Markaziy va Janubiy Osiyoda adabiyot, madaniyat va gumanistik qadriyatlar rivojiga qo‘shgan hissasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Taqdimotlar doirasida talabalar yurtimizning tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, uning buyuk namoyandalarining jahon taraqqiyotidagi o‘rnini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish