Logo

Stokgolmda O‘zbekistonning Demokratiya va saylovlarga ko‘maklashish xalqaro instituti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Aprel 21, 2026. 20:00 • 57 soniya

293
Stokgolmda O‘zbekistonning Demokratiya va saylovlarga ko‘maklashish xalqaro instituti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

STOKGOLM, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Demokratiya va saylovlarga ko‘maklashish xalqaro instituti (International IDEA) bosh kotibi Kevin Kasas-Samora bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda parlamentarizm va demokratik institutlarning roli ortib borayotgani hamda sohadagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

IDEA bosh kotibi “Inter Pares” dasturi doirasida O‘zbekiston Oliy Majlisi salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tomonlar, to‘plangan tajriba asosida “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa mamlakatlari” formatidagi parlamentlararo almashinuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha IDEA bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda parlament diplomatiyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda tinchlikni ilgari surishga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish