Logo

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi

Aprel 16, 2026. 09:45 • 2 daq

58
Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi
Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi
Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi
Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi

PARIJ, 16-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari tomonidan onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu onlayn uchrashuv YUNESKO Kotibiyati hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, YUNESKO ekspertlari, yoshlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Muloqotda Beruniy nomidagi xalqaro mukofotning birinchi g‘oliblari – Parijdagi Amerika universiteti vakili Klaudiya Roda, Braziliyaning Minas-Jerays Federal universitetidan Virgilio de Almeyda, Xitoyning Sinxua universitetidan Szen Syun va Shen Shuyan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Suhbat jarayonida sunʼiy intellekt etikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun taʼsis etilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti yuzasidan fikr almashildi.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston mukofoti — bu YUNESKO va O‘zbekiston hamkorligida taʼsis etilgan xalqaro mukofot bo‘lib, u yoshlarning sunʼiy intellekt (AI) etikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Ishtirokchilar yoshlarni sunʼiy intellekt etikasi bo‘yicha tadqiqotlarga samarali jalb etish va bu tadqiqotlarni raqamli savodxonlikni oshirish hamda zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy loyihalarga aylantirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralarda Beruniy nomidagi mukofot sunʼiy intellekt etikasi sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim mexanizm ekani alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilar kelgusidagi faoliyat uchun sunʼiy intellekt sohasida avlodlararo muloqotni kuchaytirish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim yo‘nalishlar ekanini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish