Logo

O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari ikki hamda ko‘p tomonlama kun tartibi bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettiradi

Mart 23, 2026. 16:43 • 1 daq

123
O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari ikki hamda ko‘p tomonlama kun tartibi bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettiradi

TOSHKENT, 23-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov XXR elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun janoblarini qabul qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildik. Hamkorligimiz barcha sohalarda dinamik rivojlanib borayotganini qayd etib, uni yana-da mustahkamlashga tayyorligimizni bildirdik.

Tashqi ishlar vazirliklari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibi bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettiradi”.

«Dunyo» AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish