Isroildan munosabat: O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar xalqaro investorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Iyul 22, 2026. 16:30 • 2 daq
• 12
TEL-AVIV, 22-iyul. /“Dunyo” AA/. Isroildagi Axborot xurujlarini tadqiq qilish instituti sayti bosh muharriri, iqtisodiy tahlilchi Yuriy Bocharov yurtimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Isroillik tahlilchining taʼkidlashicha, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijlik nufuzli ishbilarmonlar O‘zbekistonda jam bo‘ldi.
Ekspertning fikricha, bundan atigi bir necha yil avval Toshkent Yevroosiyodagi eng yirik investitsiya maydonlaridan biriga aylanishini tasavvur qilish qiyin edi. Bugungi kunda esa O‘zbekiston jahonning nufuzli tadbirkorlarini qabul qilib, yirik shartnoma loyihalari imzolanmoqda.
Bunday hayratlanarli natijalar ortida ulkan mehnat mujassam. Bu mamlakatga xorijiy kapitalning faol kirib kelayotgani, yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilayotgani va minglab ish o‘rinlari paydo bo‘layotganidan dalolat beradi.
Yuriy Bocharovning qayd etishicha, yirik kapital va investorlar qaror qabul qilishda siyosiy deklaratsiyalarga emas, balki iqtisodiy maqsadga tayanadi. Shu bois, O‘zbekistondagi real o‘zgarishlarni xolis baholash uchun eng yirik xalqaro reytinglar dinamikasiga eʼtibor qaratish lozim.
Tahlilchi so‘nggi yillarda respublikaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror yaxshilanayotganini taʼkidladi. Jumladan, mamlakat Iqtisodiy erkinlik indeksida 2018-yildan buyon birdaniga 66 pog‘onaga yuqorilab, ilk bor “Moʻtadil erkin” davlatlar toifasiga kirdi.
Shuningdek, Global innovatsion indeks va Barqaror rivojlanish maqsadlari reytingida ham 30–40 pog‘onalik sezilarli o‘sish kuzatilgan. Bu islohotlar nafaqat anʼanaviy tarmoqlarni, balki innovatsiyalar, fan va ijtimoiy sohani ham qamrab olganidan dalolat beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi