O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Serbiya mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
May 19, 2026. 18:03 • 53 soniya
• 116TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Serbiya mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Milica Stamenkovski bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, Milica Stamenkovski O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






