Ko‘ksaroy qarorgohida Tojikiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Mart 26, 2026. 15:51 • 51 soniya
• 124
TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Ko‘ksaroy qarorgohida bugun mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Tojikiston madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi