O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar
Mart 26, 2026. 18:42 • 2 daq
• 89
TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar toʻplami, jumladan:
– Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
– Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
– Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida bitim;
– Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni oʻzlashtirishni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida bitim;
– “Oʻzbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
– “E-Permit” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– 2026-2028-yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
– 2026-2028-yillarda togʻ-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
– 2026-2027-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– 2026-2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– 2026-2028-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– innovatsiya, davlat xizmati, moliya, taʼlim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi