O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari 10 ta yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirdilar
Mart 26, 2026. 17:30 • 2 daq
• 77
TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari 10 ta qoʻshma loyihani boshlab berdilar.
Ular doirasida Tojikistonda mebel va charm mahsulotlari korxonalarini tashkil etish, maishiy texnika ishlab chiqarishni kengaytirish, toʻqimachilik quvvatlarini barpo qilish, Toshkentda turar joy majmuasi va savdo obyektlarini qurish hamda Fargʻona viloyatida konserva mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, Andijon viloyatida sut mahsulotlari, Surxondaryo viloyatida esa meva sharbatlari va metall briketlar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
Shuningdek, Yangi Toshkentdagi koʻchalardan biriga Dushanbe shahri nomini berishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari taqdimot qilingan loyihalarning amalga oshirilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga kuchli surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi