Logo

Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi

Dekabr 16, 2025. 17:27 • 2 daq

206
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi

JENEVA, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Jeneva shahridagi Millatlar saroyida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasining BMTning Jenevadagi bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov, Jeneva Diplomatik doirasi prezidenti Robert F.Blyum, “Diva International” jurnali bosh muharriri Marit Fosse, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, ekspert doiralari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi, inson huquqlarini taʼminlash, iqtisodiyot, taʼlim, gender tenglik va tashqi siyosat sohalaridagi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi.

Taniqli o‘zbek siyosatshunosi, senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning asosiy bosqichlari va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan tizimli o‘zgarishlar aks ettirilgan. Nashr davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, gender tenglik, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar, mamlakatimizning jahon siyosatidagi o‘rni bo‘yicha tahliliy qarashlarni o‘zida mujassam etgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar kitobning asosiy g‘oyalarini muhokama qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar surʼati haqida fikr almashdi. Qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiy institutlarni modernizatsiya qilish, ayollar va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, O‘zbekistonning mintaqaviy va global diplomatiyadagi rolini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

So‘zga chiqqanlar kitob eng yangi islohotlar mantig‘i va davlat taraqqiyotining strategik yo‘nalishini yanada chuqur anglash imkonini beruvchi qimmatli tadqiqot ekanini taʼkidladi. Ishtirokchilarning fikricha, taqdim etilgan asar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan transformatsiya jarayonlarini teran tushunishga intilayotgan xalqaro hamjamiyat uchun muhim manba hisoblanadi.

“Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi diplomatlar va ekspertlar tomonidan davlatning siyosiy irodasi, ijtimoiy talablari va modernizatsiya surʼatlariini aks ettiruvchi xolis va keng qamrovli asar sifatida yuqori baholandi.

Jenevadagi tadbir zamonaviy O‘zbekiston haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish uchun muhim maydonga aylandi va mamlakatning xalqaro hamkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotga intilishini yana bir bor namoyon etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish