Logo

Dohadan evakuatsiya: vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti va elchixonalarga minnatdorlik bildirmoqda

Mart 11, 2026. 11:09 • 2 daq

116

DOHA, 11-mart. /“Dunyo” AA/. Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli Dohada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari havo hududi yopiq bo‘lgani sababli avtobuslarda Saudiya Arabistoni orqali vatanga evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Evakuatsiya qilinganlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tezkor aralashuvi va murakkab sharoitda ko‘rsatgan yordami uchun alohida minnatdorlik bildirib, evakuatsiyani tashkil etishda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari muhim o‘rin tutganini taʼkidladi.

Vatandoshlarimiz, avvalambor, bunday qiyin vaziyatlarda tezkorlik bilan yordam ko‘rsatilgani uchun davlatimiz rahbariga rahmat aytib, xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalar saʼy-harakatini olqishladi.

Xususan, operatsiya davomida evakuatsiya qilingan oilalardan biri O‘zbekistonning Qatar va Saudiya Arabistonidagi elchixonasi nomiga minnatdorlik maktubi yo‘llagan.

Maktubda elchixona xodimlari evakuatsiyaning barcha bosqichlari haqida tezkor javob berish va oilani o‘z vaqtida xabardor qilishni taʼminlagani, logistika va mahalliy xizmatlar bilan hamkorlikni yuqori darajada tashkil etgani, jo‘natish punktlarida tibbiy va gumanitar yordam ko‘rsatgani, shuningdek, iliq va eʼtiborli munosabat ko‘rsatgani, bu xavotirni kamaytirishga va ertangi kunga ishonchni qaytarishga yordam bergani qayd etilgan.

“Elchixona xodimlarining professionalligi va uyushqoqligi tufayli onam xavfsiz joyga evakuatsiya qilinib, zarur yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Sizning faoliyatingiz fuqarolik masʼuliyati va xorijdagi vatandoshlar manfaatlariga professional xizmat qilishning yorqin ifodasi bo‘ldi”, – deyiladi maktubda.

O‘zbekistonning Qatar va Saudiya Arabistonidagi elchixonasi diplomatlari mamlakat fuqarolarini favqulodda vaziyatlarda bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish