Logo

O‘zbekiston elchixonasi Misrda yurak xuruji oqibatida vafot etgan 38 yoshli hamyurtimizning jasadini vatanga qaytarishni taʼminladi

Fevral 25, 2026. 14:59 • 32 soniya

120
O‘zbekiston elchixonasi Misrda yurak xuruji oqibatida vafot etgan 38 yoshli hamyurtimizning jasadini vatanga qaytarishni taʼminladi

QOHIRA, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Elchixona diplomatlari tomonidan Misrda yurak xuruji bilan vafot etgan surxondaryolik 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi B.Aning jasadi vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mudhish voqea haqida xabar olinishi bilan elchixona masʼullari tegishli mahalliy idoralar bilan aloqa o‘rnatib, barcha zarur hujjatlarni tezkor ravishda rasmiylashtirish choralari ko‘rilgan.

Shu bilan birga marhumaning Misrdagi oila aʼzolariga alohida eʼtibor qaratildi. Elchixona aviakompaniya hamda marosim xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarida ham ko‘maklashdi.

Marhumaning oilasi xohishiga ko‘ra, uni milliy anʼanalarga muvofiq dafn etish uchun jasadning O‘zbekistonga yetkazilishi taʼminlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish