Logo

Voronejdagi o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mart 16, 2026. 20:45 • 2 daq

148
Voronejdagi o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

VORONEJ, 17-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Rossiyaning Voronej shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv diplomatlar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov, elchixona bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov, Voronej viloyati taʼlim vaziri Nataliya Salogubova, iqtisodiy rivojlanish vaziri Lyudmila Zaporojseva va universitet rektori Dmitriy Proskurin talablarning savollariga batafsil javob berdi.

O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov yoshlarning bilim olishga intilishi va taʼlim jarayonida faol ishtirok etishi O‘zbekiston rahbariyatiga alohida g‘urur bag‘ishlashini taʼkidladi. U mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, talabalarni ushbu sharoitlarda unumli foydalanishga, puxta bilim olib, xalqaro maydonda Vatanni munosib himoya qilishga chaqirdi.

Diplomatik missiya vakillari vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur yordam ko‘rsatish diplomatik vakolatxonaning ustuvor vazifalaridan biri ekanini bildirdi. O‘zbekiston davlat siyosatida inson qadri va fuqarolar manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotgani alohida eʼtirof etildi.

Uchrashuv yakunida yosh vatandoshlar bunday tadbirlar xorijda taʼlim olayotgan yoshlarga o‘z mamlakatining qo‘llab-quvvatlashini yanada chuqurroq his qilish imkonini berishini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish