Logo

Budapeshtda taʼlim va diplomatiya yo‘nalishidagi sheriklik muhokama qilindi

Mart 24, 2026. 14:07 • 52 soniya

91
Budapeshtda taʼlim va diplomatiya yo‘nalishidagi sheriklik muhokama qilindi

BUDAPESHT, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Syuch Adam Imre bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida tomonlar o‘zbekistonlik talabalarning Vengriya oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish, xususan, “Stipendium Hungaricum” dasturidan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash hamda axborot almashish bo‘yicha imzolangan Anglashuv memorandumini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, mazkur qo‘shma tashabbuslar mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, O‘zbekiston va Vengriya xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish