Logo

Mamlakatimiz elchisi “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi vakillari bilan uchrashdi

Mart 05, 2026. 20:16 • 1 daq

124
Mamlakatimiz elchisi “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi vakillari bilan uchrashdi

VARSHAVA, 7-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha parlamentidagi “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda do‘stlik guruhi raisi o‘rinbosarlari Bojena Jelezovska (Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi), Tadeush Yarmuzevich (senator), Tomash Kostush va Zbignev Xveloves ishtirok etdi.

Suhbatdoshlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli sherik sifatida eʼtirof etib, Toshkent bilan barcha jabhalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish tarafdori ekanini alohida qayd etdi.

Muzokaralar davomida parlamentlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy, transport va mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston va Polshani bog‘laydigan transport koridorlarining to‘laqonli tarzda faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston–Polsha munosabatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish