O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning yetakchi tibbiyot markazlarida uchrashuvlar o‘tkazdi
Aprel 12, 2026. 11:22 • 1 daq
• 85
PEKIN, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko‘magida Xitoy tibbiyot fanlari akademiyasiga qarashli “Fuvay” tibbiyot markazida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda kardiologiya hamda pediatriya sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida “Xorijiy xitoyliklar xayriya jamg‘armasi” rahbariyati bilan tibbiyot sohasida amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida mazkur tashkilot tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga ko‘chuvchi jarroxlik avtomobilini gumanitar yordam sifatida taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Delegatsiya “Fuvay” shifoxonasining Yunnan provinsiyasidagi tibbiyot markazida qo‘llanilayotgan jarrohlik uskunalaridan foydalanish amaliyoti bilan tanishish maqsadida Kunmin shahriga jo‘nab ketdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi