O‘zbek talabalari O‘mon oliy taʼlim tizimi bilan tanishdi
Dekabr 14, 2025. 11:43 • 42 soniya
• 239MASKAT, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent davlat sharqshunoslik va Yangi asr universitetlari talabalari O‘monning Sulton Qobus nomidagi Arab tili institutida bo‘lib, bu yerdagi oliy taʼlim tizimi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘quv dasturi doirasida institutda madaniyat kechasi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi, turizm salohiyati hamda boy madaniy va ilmiy merosi bilan tanishdi. Mehmonlarga o‘zbek xalqining anʼanalari va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarini aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyasimiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasida ushbu mamlakatda tahsil olayotgan talabalar ishtirokida uchrashuv ham tashkil etildi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga, yangilangan Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, davlat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari, O‘zbekiston–Ummon munosabatlarining hozirgi holati hamda istiqbollari haqida maʼlumot berildi.
Tadbir bayram dasturxoni va ishtirokchilar o‘rtasidagi samimiy suhbat bilan yakunlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


