Logo

O‘zbekiston–Iroq tadbirkor ayollari o‘rtasida yangi iqtisodiy kelishuvlar imzolandi

Yanvar 20, 2026. 12:01 • 38 soniya

199
O‘zbekiston–Iroq tadbirkor ayollari o‘rtasida yangi iqtisodiy kelishuvlar imzolandi

AL-KUVAYT, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. Iroq biznes-delegatsiyasining Toshkentga tashrifi davomida Iroq Ishbilarmon ayollar kengashi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Iroq Ishbilarmon ayollar kengashi raisi Shaza az-Zuxeyrining so‘zlariga ko‘ra, Iroq biznes-delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida yuqori darajali uchrashuv va samarali muloqotlar o‘tkazildi. Ikki davlat ishbilarmon ayollar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Jumladan, ikki davlat tadbirkor ayollar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlovchi 2 ta bitim imzolandi. Bu muvozanatli sheriklik va tajriba almashinuviga asoslangan iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kuchaytiradi.

“Biz ushbu tashrif va biznes-forum o‘tkazilishiga masʼul bo‘lganlarga ajoyib va professional tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildiramiz. Bu tashrif nafaqat ramziy, balki amaliy natijalarga boy bo‘ldi, deb hisoblaymiz”, – dedi Shaza az-Zuxeyri

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish