Nosir Abdulrazoq Al Razuqiy: O‘zbekiston yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishga qodir
Yanvar 27, 2026. 12:28 • 1 daq
• 109
TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Osiyo karate federatsiyasi prezidenti Nosir Abdulrazoq Al Razuqiy “Dunyo” AA muxbiri bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Prezidentingizning Osiyo sport hamjamiyati yetakchilari qatorida OOK Bosh assambleyasi yig‘ilishida shaxsan ishtirok etayotgani va sportning ko‘plab yo‘nalishlarda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Bu O‘zbekiston va uning sport rahbariyati uchun yangilik emas, chunki biz allaqachon mamlakatda sport sohasi qanchalik faol va tizimli rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. Sportchilar davlat va shaxsan Prezident tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bu haqiqatan ham juda to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan siyosatdir. Men Osiyo karate federatsiyasi prezidenti va Butunjahon karate federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘lganim uchun ham har tomonlama yordam beramiz. Biz har doim karate rivoji va federatsiyaning ushbu mintaqadagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaymiz va ishonchim komilki, bu mamlakatning kelajagi juda yaxshi.
O‘zbekiston sport sohasida o‘zining faol pozitsiyasini ilk marta namoyish etayotgani yo‘q. Mamlakat uzoq vaqtdan beri ko‘plab sport turlarida faol ishtirok etib kelmoqda va bu jarayonga davlat rahbariyati va sport tashkilotlari rahbarlari doimiy ravishda jalb qilingan. Demak, O‘zbekiston yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishga qodir va xalqaro sport hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
