Logo

O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologiyali tibbiy laboratoriyalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda

Dekabr 12, 2025. 09:00 • 2 daq

81
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologiyali tibbiy laboratoriyalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda

OSTONA, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘istonning yetakchi ko‘ptarmoqli “Olimp" kliniko-diagnostika laboratoriyalari tarmog‘i asoschisi Yerlan Suleymanov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dastavval, mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari uchun “Olimp” guruhining Ostona shahridagi markaziy laboratoriyasi bo‘ylab tashrif tashkil etildi. Uning doirasida tibbiyot markazning faoliyati, hamda Yevropada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar (Roche, Abbott, Sysmex, Qiagen, Beckman Coulter, Becton Dickinson, Eppendorf, Sartorius, Axygen, Thermo Fisher, Siemens, Illumina, Olympus, Carl Zeiss, Ge, Philips) bilan yaqindan tanishtirildi.

So‘ngra o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ikki mamlakat hamkorlikda yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etish imkoniyatlari atroflicha muhokama etildi.

O‘z navbatida “Olimp” kompaniyasi rahbari O‘zbekiston hukumati tomonidan Qoraqalpog‘iston aholisining ijtimoiy farovonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda, qo‘shma loyihani amalga oshirishni aynan Nukus shahridan boshlash rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

“Olimp” kompaniyasi 2007-yilda Ostona shahrida faoliyatini boshlagan. Kompaniya Qozog‘istonning barcha hududlarida joylashgan 600 dan ortiq biomaterial qabul qilish va protsedura xonalari orqali aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tarkibida 20 ga yaqin zamonaviy laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Tarmoqda 6 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi, 2 mingdan ortiq turdagi laborator tekshiruvlar amalga oshiriladi. Yiliga 16 milliondan ziyod laborator testlar o‘tkazish imkoniga ega.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish