Logo

Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti 2026 yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi

Dekabr 27, 2025. 12:58 • 3 daq

137
Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti 2026 yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi
Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti 2026 yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi
Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti 2026 yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi

ISLOMOBOD, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng yoritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, ushbu davlatning «Pakistan In The World», «Diplomatic News Agency» axborot agentliklari, «The World News», «Sub News», «Daily Sub News» elektron nashrlari va «Islomobod Post» gazetasida “Prezident Shavkat Mirziyoyev: “2026-yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi” sarlavhali maqolalar eʼlon qilindi.

Nashrlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etgani xabar qilingan.

«O‘zbekiston rahbari so‘zining avvalida so‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik, deya taʼkidladi»,– deyilgan maqolalarda.

 Pokiston nashrlari, shuningdek, O‘zbekiston yetakchining, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda, degan so‘zlariga alohida eʼtibor qaratgan. «Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qatʼiy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va taʼsiri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yana-da jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025 yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi», – deya O‘zbekiston Prezidenti so‘zlaridan iqtibos keltiradi manbalar.

Maqolalarda bu yil O‘zbekiston tarixida birinchi marta yalpi ichki mahsulot 145 milliard dollardan oshgani, joriy yil eksporti 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi maʼlum qilingan. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.

Respublika iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.

Energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.

Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv taʼminoti yaxshilandi.

«Murojaatnomada joriy yilda O‘zbekistonda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushgani, qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqqa, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangani taʼkidlandi. Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv taʼlim tizimi joriy etildi. O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushgani qayd etildi», – deb yozgan Pokiston OAV.

 «Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik», – deya Prezidentimiz fikrlari keltirilgan materiallarda.

Pokiston OAV, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti 2026-yilni mamlakatda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi va bu taklif yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlanganini alohida urg‘ulagan.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish