Logo

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

Aprel 06, 2026. 09:49 • 49 soniya

217
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

TOSHKENT, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda AQSh Prezidentining maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan Mar-a-Lagoda uchrashganimdan mamnunman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun o‘zining telegram-kanalida. – Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish