Logo

O‘shda o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Fevral 27, 2026. 08:10 • 48 soniya

177
O‘shda o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
O‘shda o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
O‘shda o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

O‘SH, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari joriy yilning 25-26 fevral kunlari O‘sh davlat texnologiya universiteti hamda Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotlar davomida diplomatlar talabalarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, konsullik ro‘yxatiga turish tartibi hamda xorijda olingan diplomlarni O‘zbekistonda tan olish (nostrifikatsiya) tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Shuningdek, yoshlar mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qaror va farmonlar, davlat yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Muloqotning muhim qismi yoshlarni turli yot g‘oyalar, diniy ekstremizm va terrorizm taʼsiridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi. Bu borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi va “Call-markaz”lar faoliyati haqida maʼlumot berilib, yoshlar faqat rasmiy va ilmiy asoslangan manbalardan foydalanishga chaqirildi.

Tadbirlar yakunida yil davomida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida milliy bayramlar, sport musobaqalari va maʼrifiy davra suhbatlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha oliygohlar rahbariyati bilan kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish