Logo

11 oyda 7 millionga yaqin o‘zbekistonlik turistik maqsadda chet elga chiqqan

Dekabr 30, 2025. 09:00 • 56 soniya

164
11 oyda 7 millionga yaqin o‘zbekistonlik turistik maqsadda chet elga chiqqan

 TOSHKENT, 30-dekabr. / “Dunyo” AA/. 2025 yilda O‘zbekiston fuqarolari yuqori turistik faollik ko‘rsatib, o‘zlari uchun ko‘plab yangi yo‘nalishlarni kashf etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 7 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,3 million kishiga yoki 23 foizga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:

-        Qirg‘iz Respublikasi — 3,1 million nafar;

-        Qozog‘iston — 1,3 million;

- Tojikiston — 1,2 million;

- Rossiya — 399 ming;

- Saudiya Arabistoni — 296,4 ming;

- Turkiya — 251,1 ming;

- BAA — 126,3 min;

- Misr — 61 ming;

- Xitoy — 46 ming;

- Vyetnam — 35,6 ming nafar.

Taʼkidlanishicha, turistik safarlarning o‘sishi transport qulayligining yaxshilangani, vizasiz rejimlar doirasining kengaygani hamda fuqarolarning madaniy, diniy va sog‘lomlashtirish turizmiga bo‘lgan qiziqishi ortishi bilan bog‘liq.

Yangi yil arafasida ushbu raqamlar yana-da oshishi kutilmoqda. O‘zbekistonliklar bayramni sayohat bilan kutib olishga oshiqmoqda. Bunday safarlar xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va dunyoni kashf etishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish