Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi
Fevral 06, 2026. 09:00 • 36 soniya
• 126BOKU, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon tillar universitetida O‘zbek tili va adabiyoti markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda rektorlar Ilxomjon To‘xtasinov va Kamal Abdulla, Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, deputat Eldar Ibrohimov hamda boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, ittifoqchilik va strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Ozarbayjon tillar universitetining bir guruh talabalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida doktorantura bosqichida tahsil olishi rejalashtirilayotgani taʼkidlandi.
Mazkur markazning ochilishi ikki birodar xalq o‘rtasidagi maʼnaviy va madaniy rishtalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




