Shanxayda vatandoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Mart 18, 2026. 09:30 • 1 daq
• 160
ShANXAY, 20-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Shanxay shahrida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda ishtirokchilarga O‘zbekistonda yoshlar oid davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlar navqiron avlodning ta’lim olishi va o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, xorijdagi vatandoshlarning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik konsullik hisobida turishning ahamiyati, Xitoy migratsiya qonunchiligi va oliygohlar tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida yoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli buzg‘unchi g‘oyalar va ekstremistik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmaslikka chaqirildi.
Tadbir yakunida talabalar bilan hamkorlikda 2026-yil davomida milliy bayramlarni nishonlash, intellektual o‘yinlar va sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Bu kabi uchrashuvlar Shanxaydagi o‘zbek yoshlari o‘rtasida jipslikni mustahkamlash va ularning Vatan bilan aloqasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi