Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik o‘tkazildi
Mart 05, 2026. 15:34 • 2 daq
• 204SANKT-PETERBURG, 6-mart. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahrida Namangan viloyati “Obid qori” masjidi imom-xatibi Ilyosxon Sobitov ishtirokida iftorlik tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Sankt-Peterburg shahridagi oliy o‘quv yurtlarda tahsil olayotgan va konsullik tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan 20 nafar o‘zbekistonlik talaba ishtirok etdi.
Imom-xatib Ilyosxon Sobitov muqaddas Ramazon oyida xorijdagi vatandoshlar holidan xabar olish maqsadida davlat rahbari tomonidan yuborilganini alohida ta’kidladi. U halol va haromni ajratish, o‘zga din vakillariga nisbatan hurmatni saqlash, turli yod g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish kabi masalalarda alohida to‘xtalib o‘tdi. Qur’on oyatlari o‘qildi, sahih hadislardan misollar keltirildi.
Yurtimizning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulligi diplomatlari muqaddas Ramazon oyini mehr-oqibat, do‘stlik va shukronalik ruhida o‘tkazish, diniy-madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlashga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida Sankt-Peterburgdagi universitetlarda iqtisodiyot, texnologiya, dizayn, pediatriya kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar iftorlik va mazmunli ma’naviy suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


