Logo

Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan uch mingga yaqin migrantlar deportatsiya qilingan

Avgust 19, 2025. 20:07 • 57 soniya

88
Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan uch mingga yaqin migrantlar deportatsiya qilingan

MOSKVA, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. 2025-yilning birinchi yarmida Rossiyadan 2,8 ming nafar migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslar deportatsiya qilindi, bu raqamlar o'tgan yilga nisbatan 17 foizga ko'p, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, mamlakatda noqonuniy migrantlar o'rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash choralari, shuningdek, migrantlarni ish bilan ta'minlovchi ish beruvchilar ustidan nazorat kuchaytirilgan.


Jumladan, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o'tkazilgan rejadan tashqari tekshiruvlar soni 14,6 foizga (6 ming 367 ta) oshgan bo'lib, natijada 19 ming 839 ta huquqbuzarlik sodir ochildi.


Shuningdek, shu yil birinchi yarim yillikda jami 587,8 ming migratsiya (+17%), jumladan, noqonuniy yashash (+28%) va mehnat bozori orqali bandlik bilan bog'liq huquqbuzarliklar (+52%) aniqlangan.


Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi propiska va vaqtincha propiska berishni sezilarli darajada qisqartirdi. Birinchi yarim yillikda berilgan ruxsatnomalar soni 31 foizga (16,6 mingta), yashash uchun ruxsatnomalar esa 32 foizga (80,1 mingta) kamaydi.


"791 nafar shaxsga nisbatan Rossiya fuqaroligini bekor qilish to'g'risida qarorlar qabul qilindi, – deyiladi manbada. – Shuningdek, chet elliklarni Rossiyaga ishga joylashtirish to'g'risidagi bildirishnomalar soni ham ko'paygan".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish