O'zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqealar Yaqin Sharq mamlakatlarining yetakchi ommaviy axborot vositalari nigohida
May 18, 2025. 10:42 • 2 daq
• 56
AR-RIYOZ, 18-may. /"Dunyo" AA/. Yaqin Sharq mamlakatlarining yetakchi ommaviy axborot vositalari O'zbekistonda kechayotgan muhim voqealarni keng yorityapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, Yamanning "Wikalat Anba Hadramawt" saytida "19-21-may kunlari Termizda Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Unda Termiz muloqotining birinchi yig'ilishi O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilayotgani ma'lum qilingan.
"Muloqotdan asosiy maqsad – O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni mustahkamlash bo'yicha 2022-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan tashabbusini ilgari surish uchun ko'p tomonlama munozara maydonini shakllantirishdan iborat" – deyilgan maqolada.
Qayd etilganidek, forum ishtirokchilari Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qiladilar.
"Tadbir Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi "Termiz xalqaro savdo markazi" hududida o'tkaziladi", – deb ma'lum qilgan Yaman OAV.
Saudiya Arabistonining "Sahm News" elektron nashri "O'zbekiston yashil vodorod ishlab chiqarishga tayyor" sarlavhali maqolani o'z o'quvchilari e'tiboriga taqdim qildi.
Maqolada Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyatida yashil vodorodni sinovdan o'tkazish iyun oyida ishga tushirilishi mumkinligi va shu tariqa O'zbekiston ekologik toza yoqilg'i turlaridan birini o'zlashtirgan dunyodagi oltinchi davlatga aylanishi ta'kidlangan.
Qayd etilishicha, O'zbekiston iyun oyidayoq yashil vodorod ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov 13-may kuni Toshkentdagi CAEx xalqaro ko'rgazma majmuasida boshlangan UEW-2025 O'zbekiston xalqaro energetika haftaligida ma'lum qildi.
"Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish natijasida O'zbekiston dunyoda birinchilardan bo'lib yashil vodoroddan mineral o'g'itlar tayyorlash, iqtisodiyotning ushbu sektorini dekarbonizatsiya qilish va yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlarni jahon bozorlariga yo'naltirish imkoniyatiga ega bo'ladi", – deb yozgan Saudiya elektron nashri.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi