Logo

O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitidagi nutqi Xitoy OAV diqqat markazida

Iyun 18, 2025. 20:19 • 2 daq

100
O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitidagi nutqi Xitoy OAV diqqat markazida

PEKIN, 18-iyun. / "Dunyo" AA/. Xitoyning nufuzli "Kitay" jurnalida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitidagi nutqiga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, bugungi kunda turli yo'nalishlar bo'yicha vazirlar va ekspertlarning uchrashuv va yig'ilishlariga oid samarali mexanizmlar ishlamoqda, keng ko'lamli hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi shakllantirilmoqda.

"Tahlillar Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan umumiy savdo aylanmasi o'sib borayotganini ko'rsatmoqda. Joriy yilda bu ko'rsatkich deyarli 100 milliard dollarga yetadi. Qo'shma korxonalar va loyihalar soni esa 10 mingdan oshadi. Bizningcha, bir tomondan, ishonch, yaxshi qo'shnichilik va sheriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning o'zidagi chuqur transformatsiya jarayonlari, boshqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatlarni rivojlantirish va "Belbog' va yo'l" global konsepsiyasini ilgari surishga qat'iy sodiqligi ushbu formatdagi hamkorlikning rivojlanishiga imkon bermoqda", – deya O'zbekiston Prezidenti nutqidan iqtibos keltiriladi maqolada.

Ta'kidlanishicha, savdo aloqalarini rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston "Raqamli belbog' va yo'l" doirasida "Raqamli Ipak yo'li" ko'ptomonlama savdo platformasini tashkil etish tarafdorimiz. 

Shuningdek, nashrda yozilishicha, Toshkentda mintaqaviy sanoat standartlashtirish va sertifikatlash markazini tashkil etish dolzarb hisoblanadi, u reglamentlar va standartlarni yaqinlashtirish, eksport mahsulotlarini Xitoy talablariga muvofiq sertifikatlash masalalari bilan shug'ullanadi.

Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li qurilishining boshlanishi Yevroosiyo makonida transport va tranzit kommunikatsiyalarining yangi tizimining muhim elementi ekanligi ham alohida qayd etilgan.

"Mintaqada ilg'or Xitoy tajribasini keng joriy etish "yashil" kun tartibi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xatarlarni kamaytirish va chora-tadbirlar samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi, deb xulosa qiladi",– deb yozgan muallif o'z xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish