Logo

"An Nahar News" gazetasi: IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi orqali yuzlab yangi loyihalarga zamin yaratildi

Iyun 25, 2025. 09:02 • 2 daq

66
"An Nahar News" gazetasi: IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi orqali yuzlab yangi loyihalarga zamin yaratildi

AR-RIYOZ, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistoning nufuzli "An Nahar News" gazetasi saytida "Yangi O'zbekiston – investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Joriy yilning 10-12-iyun kunlari Toshkent shahri yana bir yirik xalqaro tadbir – IV Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qildi", – deb yozilgan maqolada.

Nashrda qayd etilishicha, Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, iqtisodiy modernizatsiya jarayonlari va barqaror taraqqiyotni ta'minlashda mazkur forum, mamlakat uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi strategik ahamiyatga ega maydonga aylandi.

Maqolada forumning bosh mavzusi "Investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning ham kafolatidir!" deb nomlangani hamda bu bugungi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan jiddiy muammolar va tahdidlar fonida o'ta dolzarb mazmunga ega ekanligi alohida ta'kidlangan.

"IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi – bu nafaqat investitsiya kelishuvlari maydoni, balki Yangi O'zbekiston konsepsiyasining xalqaro hamjamiyatga yaqqol namoyon etilishi, rivojlanishga intiluvchi davlat obrazining mustahkamlanishi bo'ldi. Forum orqali yuzlab yangi loyihalarga zamin yaratildi, xalqaro biznes va siyosiy elita bilan ochiq muloqot muhiti shakllandi. O'zbekiston o'zining global iqtisodiy makondagi salohiyatini yana-da namoyon etdi. Eng muhimi – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashda investitsiyaning hayotiy ahamiyati yana bir bor dunyoga eshittirildi", – deya urg'ulangan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish