"Arab News" gazetasi: O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda
Iyun 14, 2025. 14:28 • 2 daq
• 52
AR-RIYOZ, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining yetakchi nashrlaridan biri – "Arab News" gazetasi saytida O'zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan eksklyuziv intervyu e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"To'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Arab News" nashriga bergan intervyu bergan vazir Aziz Abduhakimov O'zbekistonning Saudiya Arabistoni bilan chang va qum bo'ronlari kabi muammolarni hal qilish uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida hamkorlik qilish istagini aytib o'tdi", – deyilgan nashrda.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda yetakchilik qilmoqda, o'z oldiga 10 milliard daraxt ekish, 40 million gektar yerni tiklash va yilda 278 million tonnadan ortiq karbon chiqindilarini kamaytirish kabi maqsadlarni qo'ygan.
"Bizning Saudiya Arabistoni bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligimiz nafaqat dinamik, balki o'zaro hurmat va hamkorlik ruhiga asoslangan. Bizning ikki mamlakat o'rtasidagi Hukumatlararo komissiya doirasida muntazam va konstruktiv muloqotni qo'llab-quvvatlaymiz, hamkorlikning joriy holatini muhokama qilamiz va uzoq muddatli ustuvorliklarni muhokama qilamiz", – degan Aziz Abduhakimov.
Shuningdek, u milliy bog'lar va himoyalangan tabiiy hududlar o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari to'g'risida batafsil to'xtalib o'tgan.
Intervyuda hozirda Saudiya Arabistonida 70 dan ortiq himoyalangan hududlar mavjud bo'lib, ular mamlakat hududining deyarli 18 foizini tashkil etishi ma'lum qilingan. "Ekotizimni saqlash va turlarni himoya qilish bo'yicha tajriba almashish orqali biz ikki tomonlama tabiatni muhofaza qilish sa'y-harakatlarini kuchaytirishimiz mumkin", – deyiladi materialda.
Vazir, shuningdek, bunday hamkorlik noyob ekotizimlar, o'simlik va hayvonot dunyosining noyob turlarini saqlash bo'yicha tajriba almashish imkonini berishini bildirgan.
Aziz Abduhakimovning qo'shimcha qilishicha, O'zbekistonning Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim tadqiqotlari universiteti Saudiyadagi Podshoh Saud universiteti va Qirol Abdulaziz universiteti bilan ekologiya sohasidagi ilmiy bilim va innovatsiyalarni almashish maqsadida akademik hamkorlik o'rnatishga intilmoqda.
"Saudiya Arabistoni bilan hamkorligimiz ishonch, o'zaro manfaatdorlik va barqaror rivojlanish uchun umumiy mas'uliyatga asoslanadi. Kelgusi yillarda bu hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga umid qilamiz", degan O'zbekiston rasmiysi.
Suhbatda O'zbekiston ekologik innovatsiyalar, qo'shma tadqiqotlar va yashil infratuzilmaga sarmoya kiritish, xususan, cho'llanishga qarshi kurashish, erlarni barqaror boshqarish va transchegaraviy texnologiyalar transferi kabi sohalarda qimmatli platforma taklif etuvchi "Yashil Yaqin Sharq" tashabbusi orqali kengroq mintaqaviy hamkorlik uchun katta imkoniyatlar ko'rayotgani qayd etilgan.
"O'zbekiston tomoni, shuningdek, u saudiyalik hamkorlarni 19-21-iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan "Eco Expo Central Asia" xalqaro ko'rgazmasida va 24-noyabrdan 5-dekabrgacha Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "SITES COP20" konferensiyasida ishtirok etishga taklif qildi", – deb yozgan "Arab News".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi