"Daily News Hungary": O'zbekiston TDTga a'zo mamlakatlar bilan bojxona sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda
May 30, 2025. 14:30 • 2 daq
• 128
BUDAPESHT, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Daily News Hungary" onlayn nashrida "O'zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti o'rtasidagi bojxona hamkorligi har tomonlama kengaymoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashr avvalida bu hamkorlik turkiy davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch, do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqada tinchlikni ta'minlash, savdo-sotiq va sarmoya uchun qulay muhit yaratishi ta'kidlangan.
"Turkiy davlatlar tashkiloti tashkil etilganidan buyon yangi dunyo tartibi va xalqaro institutlar tizimida tobora muhim rol o'ynamoqda. Uning hududida 170 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi va bu barcha a'zo mamlakatlar uchun ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mintaqadir. O'zbekistonning TDTga qo'shilishi mamlakat tashqi siyosatining yangi yo'nalishlarini belgilab berdi hamda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga xizmat qildi", – deyiladi maqolada
Qayd etilishicha, bu raqamlarda ham o'z aksini topdi – O'zbekistonning TDTga a'zo mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2017 yilga nisbatan qariyb uch baravarga oshib, 10 milliard AQSh dollariga yetdi.
"O'zbekiston Prezidenti TDT maydonida hamkorlik doirasida global logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish, yagona tranzit tarmog'ini shakllantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu jarayonda bojxona organlarining o'zaro hamkorligi asosiy o'rin tutadi, chunki u sheriklikning savdo-iqtisodiy asoslarini mustahkamlaydi, jahon logistikasini rivojlantirish va yagona tranzit makonini shakllantirishga xizmat qiladi", – deya urg'ulagan material muallifi.
Daily News Hungary" onlayn nashriga ko'ra, bu yo'nalishdagi muhim qadam 2022-yilgi Samarqand sammiti bo'lib, unda TDTga a'zo davlatlar hukumatlari Soddalashtirilgan bojxona koridorini joriy etish to'g'risidagi bitim va xalqaro qo'shma yuk tashish to'g'risidagi bitimni imzoladilar.
Muallif ta'kidlanganidek, TDT hududida yagona tranzit tarmog'ini yaratish masalasi alohida ahamiyatga ega. Bu, birinchi navbatda, agar barcha mamlakatlar eTIR xalqaro tizimiga – 2021-yil may oyida kuchga kirgan TIR konvensiyasi protsedurasining elektron versiyasiga qo'shilsa, bu mumkin bo'ladi. Bu ishtirokchi-davlatlar o'rtasidagi o'zaro savdo hajmini oshiradi va tovarlar harakati bilan bog'liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi.
"Bugungi kunga qadar tashkilot doirasida Soddalashtirilgan bojxona yo'lagi to'g'risidagi bitimni imzolash bilan bir qatorda ruxsatnomalarni raqamlashtirish, risklarni boshqarish va vakolatli xo'jalik operatorlarini o'zaro tan olish bo'yicha muhim qadamlar qo'yildi. Bundan tashqari, O'zbekiston tomoni TDTga a'zo mamlakatlar bojxona xizmatlari xodimlari o'rtasida sport musobaqalarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bunday format hamkasblar o'rtasidagi do'stona muhitni mustahkamlashga yordam beradi va o'zaro hamkorlik samaradorligini oshiradi", – deb yozilgan "Daily News Hungary" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi