Logo

"Arab News" gazetasi: Saudiya Arabistoni kompaniyasi O'zbekistonning Barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydi 

Iyun 18, 2025. 10:35 • 2 daq

104
"Arab News" gazetasi: Saudiya Arabistoni kompaniyasi O'zbekistonning Barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydi 

AR-RIYOZ, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Arab News" gazetasida "AWPTning Barqaror suv bo'yicha yondashuvlari: o'sish, "yashil" maqsadlar va global kengayish" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Alkhorayef Water & Power Technologies" (AWPT) butun suv infratuzilmasi siklini qo'llab-quvvatlash orqali O'zbekistonning Barqaror rivojlanish strategiyasini qo'llab-quvvatlaydi", – deyiladi maqola avvalida.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining "AWPT" kompaniyasi ichki bozorda yetakchilik mavqeini mustahkamlab oldi va xalqaro ishtirokini faol ravishda kengaytirmoqda.  Shu bois mazkur kompaniya bosh direktori Rami Mussilli To'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.

"To'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida so'zga chiqqan Rami Mussilli "AWPT O'zbekistonning Barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Uning ta'kidiga ko'ra, O'zbekiston kompaniyaning xalqaro faoliyatining ustuvor yo'nalishiga aylandi, chunki mamlakatda infratuzilmani modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanishga o'tish bilan bog'liq keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda", – deb yozilgan materialda.

Nashrda "AWPT" rahbariyati O'zbekiston vazirliklari bilan bir qator muzokaralar o'tkazgani ma'lum qilingan. Shuningdek, kompaniya bosh direktori Rami Mussillining qo'yidagi so'zlari keltirilgan: "Bizning asosiy vakolatlarimiz va O'zbekistonni rivojlantirishning milliy ustuvor yo'nalishlari o'rtasida kuchli sinergiya mavjud".

"Arab News" gazetasida bosilgan maqolada ta'kidlanishicha, "AWPT"ning O'zbekistondagi yondashuvi uchta ustunga asoslanadi: davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, muhandislik mukammalligi va ekologik va iqtisodiy barqarorlik.

Material yakunida "Bilimlarni uzatish va mahalliy imkoniyatlarni rivojlantirishga e'tibor AWPTga nafaqat xizmatlarni eksport qilish, balki uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonini beradi", – deyilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish