Logo

BBC telekanali ijodiy guruhi Orol dengizi tubida paydo bo'lgan cho'l haqida maxsus film suratga olmoqda

Iyun 02, 2025. 14:37 • 42 soniya

97
BBC telekanali ijodiy guruhi Orol dengizi tubida paydo bo'lgan cho'l haqida maxsus film suratga olmoqda

TOSHKENT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. BBC telekanalining butun dunyo bo'ylab yovvoyi tabiat haqidagi keng ko'lamli filmlar ustida ish olib borayotgan suratga olish guruhi O'zbekistonga so'ngi bir yil ichida uchinchi marta keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV matbuot kotibi telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, mazkur guruh hozirda Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq tumanida bo'lib, Orol dengizi tubidagi tabiiy muhitda "Trapelus sanguinolentus" turiga mansub cho'l agamalarining hayotini kuzatmoqda.

Filmdan ko'zlangan maqsad dengiz qurib qolganiga qaramay, uning o'rnida poyda bo'lgan cho'l, u yerda turli xil yovvoyi hayvonlar hayot kechirayotgani haqida hikoya qilishdir.

2024-va 2025-yillarda BBC telekanalining suratga olish guruhi ijodiy safar bilan O'zbekistonning Navoiy viloyatida bo'ldi. Ijodiy guruh u yerda yovvoyi tabiatda yirik qushqo'rg'onlar va mamlakatimizning biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi sa'y-harakatlariga bag'ishlangan filmni suratga oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish