Logo

"Asdaa Oman" gazetasi: O'zbekiston milliy terma jamoasining BAA bilan o'tkazgan o'yinda tarixiy natijaga erishdi

Iyun 08, 2025. 14:46 • 48 soniya

79
"Asdaa Oman" gazetasi: O'zbekiston milliy terma jamoasining BAA bilan o'tkazgan o'yinda tarixiy natijaga erishdi

MASKAT, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga yo'llanma olganiga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"5-iyun kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Arab Amirligi va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahsda durang natija qayd etildi. Mazkur bir ochko O'zbekistonga o'z tarixida ilk marotaba 2026-yilda Amerika qit'asida bo'lib o'tadigan jahon chempionati ishtirok etish huquqini taqdim etdi", – deyilgan maqolada.

Qayd etilganidek, O'zbekiston shu tariqa mezbon davlatlar — AQSh, Meksika va Kanadadan tashqari saralash bosqichi orqali yo'llanma olgan beshinchi mamlakatga aylandi.

Nashrda O'zbekiston MDHda Rossiya va Ukrainadan so'ng Jahon chempionatida ishtirok etgan uchinchi Markaziy Osiyo qit'asida birinchi davlat bo'lgani alohida urg'ulangan.

"O'zbekistonlik futbolchilar Yevropaning mashhur jamoalarda to'p surmoqda. Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi, terma jamoa sardori Eldor Shomurodov esa Rimning "Roma" klubi sharafini himoya qiladi", – deb yozilgan "Asdaa Oman" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish