Logo

"The Peninsula" gazetasi: Qatarlik sayyohlar O'zbekistonni tanlamoqda

Iyun 16, 2025. 15:50 • 46 soniya

48
"The Peninsula" gazetasi: Qatarlik sayyohlar O'zbekistonni tanlamoqda

DOHA, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Qatarning eng nufuzli nashrlaridan biri "The Peninsula" gazetasida "Qatarlik sayyohlar Hayit ta'tili uchun yangi yo'nalishlarni tanlamoqda" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jurnalist Joel Jonson tomonidan yozilgan ushbu maqolada qatarlik mahalliy turoperatorlar yangi yo'nalish sifatida O'zbekiston, Qozog'iston va Janubiy Koreyani ko'p targ'ib qilayotgani ta'kidlangan.

Nashrda Qatar turizm kompaniyalari joriy yildagi Qurbon hayiti ta'tili uchun O'zbekistonga qiziqarli turpaketlar ishlab chiqdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng e'lon qilgani qayd etiladi. "Turpaketlar muvaffaqiyatli sotilishi natijasida Doha-Toshkent yo'nalishida uchadigan "Qatar Airways" kompaniyasining mavsumdagi chiptalari barchasi sotildi", – deyiladi materialda.

Qolaversa, qatarlik mashhur blogerlarning aprel-may oylarida O'zbekistonga safarlari uyushtirilishi va ularning sahifalarida mamlakatimiz to'g'risidagi jozibador videolavhalar ham mahalliy sayyohlar uchun yangi yo'nalishni tanlashga turtki bo'lgani urg'ulangan.

"Qatarlik turistlar uchun O'zbekistonga viza talab etilmaydi. Mamlakatlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar uchun Qatar havo yo'llarining haftada 4 marta parvozlari yo'lga qo'yilgan", – deb yozilgan "The Peninsula" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish