Logo

"Eurasia Magazine": O'zbekistonda elektr energiya sohasining normativ-huquqiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi

Iyun 14, 2025. 11:36 • 2 daq

60
"Eurasia Magazine": O'zbekistonda elektr energiya sohasining normativ-huquqiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi

BUDAPESHT, 14-iyun. /"Dunyo" AA/.  Vengriyaning nufuzli "Eurasia Magazine" jurnalida "O'zbekiston energetika transformatsiyasi: bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o'tish" sarlavhali tahliliy maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada 2017-yildan buyon O'zbekistonda energetika sohasida samaradorlikni oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va bozor mexanizmlariga o'tishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgani haqida so'z boradi.


Qayd etilishicha, 2017-yildan 2024-yilgacha bo'lgan davrda mamlakatda elektr energiya sohasining normativ-huquqiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, jumladan, 8 ta qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 90 tadan ortiq hujjatlari qabul qilingan.


Nashrda yozilishicha, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2024-yil may oyida joriy etilgan ijtimoiy iste'mol normasiga asoslangan yangi tarif siyosatining uy xo'jaliklarining energiya iste'moliga ta'sirini baholash bo'yicha tadqiqot o'tkazilgan. Unda respublikaning barcha hududlaridan 3516 ta uy xo'jaliklari ishtirok etib, 3,5 million tabiiy gaz va 8 million elektr energiyasi abonentlarining iste'mol ma'lumotlari o'rganildi.


"Tahlillar shuni ko'rsatadiki, 2024-yil may oyida joriy etilgan ijtimoiy normaga asoslangan yangi tariflar natijasida, may-dekabr oylarida elektr energiyasi iste'moli 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 milliard kVt*soatga (-10,6%) qisqargan. Bu esa o'z navbatida energiya resurslaridan tejamkor foydalanishga o'tila boshlanganidan dalolat beradi. Shuningdek, energiya ta'minoti sifati ham yaxshilanmoqda. So'rov natijalariga ko'ra, respondentlarning deyarli yarimi elektr energiyasi tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash borasidagi ijobiy o'zgarishlarni qayd etdi" , – deb yozilgan "Eurasia Magazine" jurnalida bosilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish