Pokiston OAV: BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga O'zbekiston nomzodining ilgari surilgani mamlakatdagi turizm sohasidagi izchil islohotlarning xalqaro e'tirofidir
May 21, 2025. 11:48 • 2 daq
• 43
ISLOMOBOD, 21-may. /"Dunyo" AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga O'zbekiston nomzodi ko'rsatilgani haqida yozyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Jumladan, "Global News Pakistan" axborot agentligi, "Pakistan in the World" va "The Diplomatic Insight" jurnallari, "Daily Spokesman", "The Asian Telegraph" va "Daily Big Digit" gazetalari, "The World Ambassador", "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "World News" onlayn yangiliklar platformalarida 2025-2027 yillar uchun BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga O'zbekiston nomzodining ko'rsatilgani to'g'risida turkum maqola chop etildi.
Ularda BMT Turizm Yevropa komissiyasi tarkibiga Yevropa, Markaziy va G'arbiy Osiyoning 41 ta davlati kirishi, Komissiya ushbu hududlardagi turizm siyosatini shakllantirish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishda muhim rol o'ynashi ta'kidlangan.
"Joriy yil 4-6-iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tadigan Komissiyaning 71-yig'ilishida 2025-2027-yillarda BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisi saylovi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur nufuzli tashkilot raisligiga ilk bor O'zbekiston nomzodi ilgari surilmoqda. Bu mamlakatning turizm sohasidagi izchil islohotlari, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi amaliy qadamlari e'tirof etilishi, respublikaning xalqaro turizm tashkilotlari doirasidagi faolligi va yuksak ishonchga sazovor bo'layotganining yaqqol ifodasidir", – deyiladi nashrlarda.
Pokiston OAV, shuningdek, O'zbekiston mazkur lavozimni egallash orqali Markaziy Osiyoni yagona turizm makoni sifatida targ'ib qilish, transchegaraviy marshrutlarni rivojlantirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish, BMT Turizm tashkiloti doirasida mintaqaviy muloqotni kuchaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surishni rejalashtirayotganini alohida urg'ulagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi