Saudiya Arabistoni OAV: O'zbekiston Prezidentining sa'y-harakatlari bilan O'zbekistonda davlat boshqaruvi falsafasi tubdan o'zgardi
Iyun 02, 2025. 09:36 • 2 daq
• 65
AR-RIYOZ, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va xalqaro doiradagi hayotiga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, Saudiya Arabistonining "An Nahar News" va "Al Harir" nashrlarida "BMT davlat xizmati forumining O'zbekistonda o'tkazilishi — mamlakat uchun tarixiy voqelikdir" va "BMT davlat xizmati forumi: O'zbekistonning sohadagi islohotlarini xalqaro miqyosda namoyon etish imkonini beradi" sarlavhali maqolalar chop etildi.
Ularda 2025-yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi o'tkazilishi ma'lum qilingan. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirning asosiy mavzusi — "2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko'rsatishni jadallashtirish". Forum BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilmoqda.
"O'zbekistonda 2017-yilda boshlangan tub islohotlar O'zbekiston davlat xizmati tizimida ham ijobiy o'zgarishlarga yo'l ochdi. O'zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan davlat fuqarolik hukumati transformatsiya qilindi. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", — degan hayotiy tamoyilidan kelib chiqib, O'zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etildi. Shuningdek, yuqori rahbarlik lavozimlariga zaxira tayyorlash amaliyoti qo'llanila boshlandi. Natijada, davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar yana-da demokratlashdi",– deya qayd etilgan maqolalarda
Nashrlarda O'zbekiston yetakchisi boshchiligida Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida barcha sohalarda tizimli islohotlar olib borilayotgani urg'ulangan. "Xususan, davlatda kadrlar bilan bog'liq qator tizimli muammolar mavjudligi yuqori minbarlardan baralla aytildi. Davlat xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish hamda bugungi kun talablariga moslashtirish vazifasi kun tartibining boshidan o'rin egalladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari bilan O'zbekistonda davlat boshqaruvi falsafasi o'zgardi", – deya ta'kidlangan materialda.
Muallif o'z xulosasida "Mazkur sohadagi yutuqlar va salohiyat 2025-yil iyun oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan BMT Davlat xizmati forumida namoyon bo'lishi kutilmoqda. Ushbu Forum O'zbekistonda ilk bor tashkil etiladi va bu mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Forumning O'zbekistonda o'tkazilishi — BMTning O'zbekiston bilan davlat xizmati sohasida shakllanayotgan mustahkam hamkorligining amaldagi namunasidir." – deb yozgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi