Saudiya Arabistoni OAV Yangi O'zbekiston madaniy diplomatiyasining asosiy jihatlari haqida yozmoqda
Iyun 12, 2025. 15:14 • 2 daq
• 60
AR-RIYOZ, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Al Harir" elektron nashrida "Yangi O'zbekiston madaniy diplomatiyasining kuchi nimada?" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"So'nggi yillarda madaniy diplomatiya ko'plab mamlakatlar, shu jumladan, O'zbekiston tashqi siyosatining muhim elementiga aylandi. Amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar natijasida xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar faol kengayib bormoqda, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar bilan samimiy va hurmatga asoslangan munosabatlar yo'lga qo'yilyapti, birgalikda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimli asosda olib borilmoqda", – deyilgan materialda.
Nashrda O'zbekiston boy madaniyati, tarixi, ko'p asrlik an'analari va urf-odatlarga ega ekanligi ta'kidlangan. Qayd etilishicha, tashqi siyosatda ushbu salohiyatdan foydalanish orqali mamlakatning ijobiy imijini yaratish, jahon maydonidagi nufuzini oshirish, shuningdek ichki va tashqi siyosiy vazifalarini tezroq hal qilish mumkin.
"Shuning uchun ham mamlakat tashqi siyosat yuritishda o'zaro hurmat, qadriyatlar, san'at va an'analar almashinuviga asoslangan madaniy diplomatiyadan faol foydalanmoqda. Xalqaro munosabatlarni o'rganish sohasidagi mutaxassislar madaniy diplomatiyani xalqlar o'rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni shakllantiruvchi va mamlakatning dunyoqarashiga ta'sir ko'rsatuvchi strategik vosita deb atashadi", – deya urg'ulangan maqolada.
"Al Harir" elektron nashri maqolasi "Madaniy diplomatiya tamoyillarini ilgari surish mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va global barqaror rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etib, madaniy merosni asrab-avaylash va targ'ib qilish, tajriba va bilim almashish, shuningdek, ijodiy rivojlanish va o'zaro tushunish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi