Logo

Qatar OAV: Xalqaro baxshichilik san'ati festivali  yildan-yilga global platformaga aylanib bormoqda

May 06, 2025. 09:45 • 54 soniya

79
Qatar OAV: Xalqaro baxshichilik san'ati festivali  yildan-yilga global platformaga aylanib bormoqda

DOHA, 6-may. /"Dunyo" AA/. Qatarning mashhur "Gulf Times" va "Al Raya" gazetalarida Xiva shahrida bo'lib o'tgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga bag'ishlangan maqolalar bosildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma'lum qiliganidek, Buyuk ipak yo'lidagi muazzam shahar – Xiva 26-28-aprel kunlari IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga mezbonlik qildi. Festival milliy an'analar, musiqa va madaniy diplomatiyaning yorqin namunasiga aylandi.

"O'zbekiston hukumati va YUNESKO, ISESSO ko'magida tashkil etilgan fesival 40 ortiq mamlakatdan kelgan 200 nafarga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. Ushbu madaniy anjuman asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy xotirasi va o'ziga xosligini saqlab kelgan musiqiy ijroning noyob shakli bo'lgan baxshichilik san'ati ahamiyatini dunyoga keng targ'ib qildi", – deyiladi maqolalarda.

Qayd etilganidek, baxshilar og'zaki xalq ijodidagi dostonlarni do'mbira milliy asbobi yordamida kelajak avlodlarga yetkazadilar.

"Xivada bo'lib o'tgan festival 2019-yilda Termiz, 2021-yilda Nukus va 2023-yilda Guliston shaharlarida o'tkazilgan muvaffaqiyatli tadbirlarning davomi bo'ldi. Har yili festeval tobora ko'proq xalqaro e'tiborni o'ziga jalb etib, baxshichilik an'analarini saqlash, targ'ib qilish va o'rganish uchun global platformaga aylanmoqda", – deb yozgan Qatar OAV maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish