Logo

Polsha OAV: O'zbekiston polshalik investorlarga ajoyib imkoniyatlarni taklif qilishi mumkin

Iyun 18, 2025. 12:28 • 2 daq

69
Polsha OAV: O'zbekiston polshalik investorlarga ajoyib imkoniyatlarni taklif qilishi mumkin

VARSHAVA, 19 iyun. /"Dunyo AA/. Polshaning "WNP" elektron portalida "O'zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari: Polsha O'zbekiston uchun Yevropaga darvoza" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda O'zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari Mansurjon Rasulevning to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqidan iqtiboslar keltirilgan. "U, o'z ma'ruzasida Polsha O'zbekiston uchun asosiy xorijiy hamkor ekanini ta'kidlab, mamlakat "Yevropa bozoriga kirish darvozasi" ekanini ta'kidladi", – deb yozilgan maqolada.

Qayd etilishicha, O'zbekiston polshalik sarmoyadorlarga xalqaro bozorda yana-da yuqori raqobatbardoshlikni ta'minlaydigan ajoyib rivojlanish imkoniyatlarini taklif qilishi mumkinligi qayd etilgan.

 "O'zbekistonda juda arzon energiya va qulay ishchi kuchi, shuningdek, ulkan tabiiy resurslar, jumladan, yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan muhim xom ashyo mavjud", – deya Mansurjon Rasulev so'zlaridan iqtibos keltiradi portal.

Maqolada Polshaning kosmetika, yengil sanoat, qishloq xo'jaligi kabi sohalaridagi kompaniyalarning O'zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotgani urg'ulangan.  O'zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbariga ko'ra, Polsha korxonalarining O'zbekiston qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilish maqsadida oziq-ovqat sanoatini modernizatsiya qilishdagi ishtiroki e'tiborga molik.

"Polsha bozori, o'z navbatida, rivojlanayotgan O'zbekiston IT-xizmatlari sanoati uchun ham qiziqish uyg'otmoqda. O'zbekiston IT-kompaniyalari tobora muvaffaqiyat qozonmoqda va o'zlarining rivojlangan manbalari, jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari bozorlariga, jumladan, Polsha mamlakatlari takliflari bilan chiqyapti", – deb yozilgan "WNP" maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish